• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov OKMKda

26 Yanvar 2023, 9:3 1237

XX asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri, "Shuhrat" medali va "O‘zbekiston iftixori" ko‘krak nishoni sohibi Birodar Abduraimov kuni kecha OKMKga tashrif buyurdi.

OKMK boshqaruvi raisining o‘rinbosari Sa'di Shermatov hamda Birodar Abduraimov, taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayevlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda, OKMKda futbolga berilayotgan e'tibor, bolalar va ayollar futbolini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda AGMK futbol jamoasining yutuqlari, jamoadagi o‘zgarishlar e'tirof etildi.

O‘z davrida "Paxtakor" tarkibida betakror o‘yinlari bilan muxlislar qalbini zabt etgan Birodar Abduraimov o‘zbek futbolining rivojiga katta hissa qo‘shgan va hozirda ham qo‘shib kelmoqda.

Mehmonlar kombinat tarixi muzeyi hamda Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlaridagi jarayonlar bilan tanishdilar.

O‘zbek futboli afsonasi - Birodar Abduraimov “Paxtakor” jamoasida uchrashuvlar o‘tkazish soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan. U 358 marotaba jamoa safida maydonga tushgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasining katta murabbiysi sifatida 1994-yili Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan. O‘zbek futboli tarixida u xorijda mamlakatlarning barcha rasmiy chempionatlari va matchlarida, xalqaro matchlarda 200 ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘lgan.

Uchrashuv davomida kelgusida millionlar o‘yini bo‘lgan futbolni rivojlantirish yo‘lida OKMK bilan doimiy hamkorlik qilish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech