• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Loqaydlik va qo‘pol xatolarga e'tibor bermaslikning badali og‘ir bo‘ladi

02 Aprel 2024, 12:30 971

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sohasida tizimli ravishda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramay, afsuski kombinat ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmoqda.

Jumladan, 2024-yilning birinchi choragida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 3 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan bo‘lib, shulardan 1 tasi oqibati og‘ir hamda 2 ta oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalardir.

O‘lim bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar 2024-yilning 6 mart kuni “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchisi bilan va 2024-yilning 21 mart kuni Angren kon boshqarmasi ishchisi bilan yuz berdi.

Ushbu baxtsiz hodisalarning tahlili bo‘yicha joriy yilning 26 mart kuni Angren kon boshqarmasida va 27 mart kuni “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

OKMK bosh muhandisining mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Jo‘rayev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning sabablari tahlil qilindi. Ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar kelishib olindi. Trest va Angren kon boshqarmasi rahbariyatiga va bosh mutaxassislariga kechiktirib bo‘lmas topshiriqlar berildi.  

Shu o‘rinda kombinatimizning barcha ishchi-xodimlari va muhandis-texnik xodimlarga yana bir bor eslatib o‘tamiz!

Ish joyingizda ishni boshlashdan oldin mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy rioya qiling. Unutmang, sizga oddiy va arzimas bo‘lib ko‘ringan kichik yoki qo‘pol xatolar va loqaydlik katta talofatlarga olib kelishi, salomatligingizga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Sizni uyingizda ota-onangiz, oilangiz va farzandlaringiz kutayapti.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech