Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 6-iyul kuni Mis boyitish fabrikasida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash birinchi navbatda!” mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Dastlab, seminarning nazariy qismida OKMK ob’yektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A. Axrorov va Fuqaro muhofazasi otryadi YoX bo‘yicha komandir v.b Q.Dushanovlar o‘tgan davr mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar bo‘yicha tahliliy ma'lumot berib o‘tishdi.
Unga ko‘ra, Respublikamizda yil boshidan beri bo‘lgan yong‘inlarning asosiy sabablari elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanilish, qo‘lbola elektr pechlaridan foydalanilish, elektr tarmog‘iga keragidan ortiq yuklanish berishi natijasida ro‘y bergan. Ayniqsa, qish mavsumida hovli uylarga o‘rnatilgan isitish moslamalarining qish mavsumiga tayyorgarliksiz ishga tushirilishi oqibatida insonlar hayoti is gazidan xavfda qolganligi holatlari ham kuzatilganligini ta'kidlashdi. Yangi qurilish qilayotganda ham tez yonuvchi qurilish materiallaridan foydalanmaslikni va elektr simlarini himoya shlanglari orqali o‘tkazishlikni, nafaqat uyda ishxonalarda ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘lishligini aytib o‘tdi.
Seminarda yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hujjatli videorolik namoyish etildi.
Nazariy qismdan so‘ng seminar qatnashchilariga Mis boyitish fabrikasi hududida yong‘in xavfsizligi maxsus avtotransporti, ekipaj a'zolarining shaxsiy himoya vositalari hamda yong‘inga qarshi ishlatiladigan jihozlar haqida ma'lumot berib o‘tildi.
Seminar so‘ngida ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinasi tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi bilan hamda avtotransport vositasida OYoXTTEB xodimlari tomonidan olovni bartaraf etish amaliyoti o’tkazildi.
Bekmirza Jonibekov,
MBF Yong‘in xavfsizligi muhandisi