• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Loyiha ofisi jamoasi gʻolib

12 Noyabr 2024, 9:3 228

Ma’lumotlarga koʻra har yili yer yuzida 2 mln. ortiq inson ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va jarohatlanish natijasida halok boʻlarkan. Sayyoramizdagi 270 mln. inson esa har yili ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida jaroxatlanarkan. Shuningdek, butun dunyo yalpi ichki mahsulotning 4%  ishlab chiqarishdagi nomaqbul mehnat sharoiti tufayli yuqotilarkan.

Mana shunday baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bir qator chora tadbirlar amalga oshiriladi. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi borasida olib borilayotgan oʻquv mashgʻulotlari, davra suhbatlari va intellektual oʻyinlar, tanlovlar ushbu sohada samarali natijaga erishishga omil boʻlib kelmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri kuni-kecha Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasining faollar zalida boʻlib oʻtdi.

Olmaliq kon metallurgiya kombinatining 75 yillik yubileyi munosabati bilan oʻtkazilgan ushbu Zakovat bahslarida kombinat tarkibiy boʻlinmalarining mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandislari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Tanlovda har bir jamoa 6 nafar ishtirokchidan iborat boʻlgan Metallurglar, Boyituvchilar, Konchilar, Transportchilar, Yordamchi tashkilotlar va loyiha ofisi muhandislari oʻzaro bilimlarini sinovdan oʻtkazidlar.

Bahslar davomida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ahamyatlari haqida soʻz bordi.

Ishlovchilarning ma’naviy, ma’rifiy va madaniy saviyasining oshirilishiga imkoniyat yaratadi, oʻz mehnatidan qoniqish hissini uygʻotadi, koʻp kasblarning obroʻsini oshiradi. Majburiy ijtimoiy sugʻurta fondi vositalarini iqtisod qiladi.

Ishchi-xodilarning mehnat unumdorligini oshirish bilan ishlab chiqarish iqtisodini oshiradi, ish vaqtini yoʻqotish holatining kamaytiradi, xodimlar qoʻnimsizligini kamayishi va yangi xodimlarni tayyorlash uchun mablagʻlarni iqtisod qiladi.

Intellektual oʻyin ishtirokchilari ana shular haqida fikr almashdilar, oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyon etishdi. Zero Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sogʻligʻi ustuvorligida deb biladi.

Mazmunan mana shunday keskin savollar, fikr va mulohazalar, bahs va munozaralar bilan juda sermazmun oʻtgan OKMK mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandislarining Zakovat intellektual oʻyini ularning sohaga oid bilimlarini yana bir bor charxladi.

Nufuzli tarkibda tashkil etilgan hakamlar xay’atining odilona qarori, tezkorlik va aniqlik bilan toʻgʻri berilgan javoblar gʻoliblarni saraladi.

3-oʻrinni boyituvchilar jamoasi egalladi. 2-oʻrin metallurglarga nasib etdi. Loyiha ofisi jamoasi 1-oʻrin sohibi boʻlishdi.

Bu kabi tafakkur bahslari, shubhasiz  soha rivojiga ulkan hissa qoʻshadi.

Iroda Almatova,

OKMK Ijro apparati mehnat muhofazasi va

sanoat xavfsizligi boʻlimi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech