• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi BelAZchi”

17 Mart 2022, 8:46 1262

OKMK Avtomobil transport boshqarmasining Sherobod sement zavodiga xizmat ko‘rsatuvchi 4-sonli avtokorxonasida mehnat qiluvchi “BelAZ”samosval haydovchilari o‘rtasida “Eng yaxshi BelAZ-7540 samosvali haydovchisi” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.

Tanlov ishtirokchilari nazariy va amaliy shartlarni bajarishdi. Ishtirokchilar tanlovda nazariy bilimlarini ko‘rsatib, amaliy ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Ulardan Transport texnika vositasidan xavfsiz foydalanish, ish kiyimlari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, ishni xavfsiz tashkil etish talab etildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Eng yaxshi BelAZ-7540 samosvali haydovchisi” deya Muhammad Qurbonov e'tirof etildi.

Ikkinchi o‘rinni Ruslan Elamonov egalladi. Uchinchi o‘rin esa  Jo‘rabek Abrahmatovga nasib etdi.

G‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Olimjon Ahmedov,

ATB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech