"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilayotgan soha vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
“Bahor” mehmonxonasida tashkil etilgan tadbir avvalida OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov so‘z olib, soha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan 26 nafar ishchi-xodimlar qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
“Metallurg” madaniyat saroyi ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Bayram tadbirida “Metallurg” MS ijodiy guruhlarining xodimlari, Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mehnat qilayotgan musiqa rahbarlari hamda texnik xodimlar ishtirok etishdi.
Axborot xizmati