Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, 2021-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-694-sonli Qonuni bilan 15-aprel sanasi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.
2022-yil 14-aprel kuni “Metallurg” madaniyat saroyida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan madaniyat va san'at xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olgan Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva soha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida madaniyat sohasida faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar va iste'dodli yoshlarga viloyat hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. E'tiborlisi, “Metallurg” MS direktori Sahobiddin Yunusaliyev ham viloyat hokimligi tomonidan e'tirof etildi.
Toshkent viloyati filarmoniyasi jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazovning xonishlari tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Axborot xizmati