• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Madina – Mis eritish zavodi malikasi

13 Aprel 2022, 10:35 1747

OKMK Mis eritish zavodida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “MEZ malikasi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar mamlakatimiz tarixiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi shartda esa pazandalik mahoratlarini sinovdan o‘tkazishib, meva va sabzavotlardan ijodiy yondashuv asosida salatlar tayyorlashdi. Milliy taomlarimizni qanday tayyorlashni ko‘rsatib berishdi.

Tanlovning sport shartida esa ishtirokchilar basketbol to‘pini halqaga tushirishlari, turgan holatda uzunlikka sakrash, futbol to‘pini darvozaga yo‘llash, 30 soniyada arqoncha bilan sakrash, darts kabi bahslarda bellashdilar.

Tanlovning oxirgi shartida esa qatnashchilar buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodlaridan namunalar o‘qishdi.

Ishchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlarning zukkolik, ijodkorlik qobilyatlarini yuzaga chiqarish, ularning ma'naviy-madaniy bilimlarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra, 9 nafar ishtirokchi orasida Xo‘jalik uchastkasi vakilasi Ma'mura Ergasheva uchinchi o‘rinin egalladi.

Havo taqsimlash sexi sharafini himoyaga qilgan Muxlisa Tursunboeva esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Zavod boshqarmasining ish taqsimlovchisi Madina Abduqodirova esa “Mis eritish zavodi malikasi-2022” nominasiyasiga sazovor bo‘ldi.

Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Sanobar Narinboyeva,

MEZ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech