Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Mahalliylashtirish dasturi doirasida belgilangan vazifalar samarali amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, 2022-yilning yanvar oyida OKMKda 53ta loyiha bo‘yicha 14,3 mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja 106,5%ga bajarildi.
Kombinat korxonalari kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida, 10,4 mlrd. so‘mlik, Nodir metallar va qattiq qotishmalari ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida - 2,2 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, Rux zavodida 1,7 mlrd. so‘mlik mahsulot tayyorlanib, 53,3 ming. dollarlik texnik rux sul'fati eksport qilingan.
Dastur doirasida 2022-yilda kombinat oldiga bir qator muhim vazifalar ham qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №99-sonli qarori ijrosi bo‘yicha kombinatda 2022-yil uchun 97ta loyiha doirasida 208,7 mlrd.so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish prognozi tasdiqlangan. Ushbu loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Axborot xizmati