• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mahliyo – MDHda “Eng yaxshi tadqiqotchi”

09 Aprel 2024, 15:59 504

OKMKda iqtidorli yoshlar talaygina, OKMK tasarrufidagi yangi bunyod etilgan “Muhandislar maktabi” mutaxassisi Mahliyo Rahmonova ana shunday ist’edodli yoshlardan. 

Kuni kecha Mahliyo oʻz hisobiga yana bir gʻalabani yozib qoʻydi. U MDH mamlakatlari o’rtasida tashkil qilingan xalqaro “Eng yaxshi tadqiqotchi” tanlovida o’z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, tanlovning maxsus statuetkasi hamda medali sohibasi bo’ldi.

Mahliyo Rahmonova kasbiy vazifalari bilan bir qatorda milliy qadriyatlar, zamonaviy kreativ g’oyalar, loyihalar va yangicha yondashuvlar bilan kombinat, shahar, viloyat, Respublika, hatto xalqaro miqyosdagi turli tanlovlarda faol qatnashib, oliy mukofotlarni qo’lga kiritib keladi. Xususan, u 2023-yilda xalqaro “Xalqaro IQ” tanlovi, “Sifat bo’yicha menejer”, “Zamonaviy yetakchi rahbar”, “Registon IELTS Granti”, 3-Respublika insholar tanlovi kabi Respulika tanlovlari hamda “Eng yaxshi ijodkor ayol”, “Til - millat ko’zgusi”, “Eng faol ishlab chiqarish ta’lim ustasi” kabi OKMK tanlovlarining g’olib va sovrindori bo’lgan bo’lsa, joriy 2024-yilda “1 million dasturchi” Respublika bosqichi va “Ibrat farzandlari” loyihasi g’olibiga aylanadi

Shu oʻrinda alohida aytib oʻtish lozimki, Mahliyo Rahmonova talabalik yillaridagi 10 ga yaqin Respublika tanlovlari gʻolibasi va 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hamdir. Bugungi kunda u tashkilotchilik, notiqlik, targ’ibotchilik faoliyati bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelmoqda.

-  Ayni damda men Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Muhandislar maktabi”da muhandis-pedagog sifatida mehnat faoliyatimni davom ettirib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida magistrlik darjasini egallamoqdaman. Kelgusida oʻqishimni tamomlab, kombinat zafarlariga munosib hissamni qo’shgan holda uning salohiyatini yanada yuksalishida bilim va malakalarim bilan ishtirok etishni maqsad qilganman, - deydi Mahliyo Rahmonova. - Bugun biz yoshlarning o’qish va mehnat qilishimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan ekan, bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati yuksalishi yoʻlida bor kuch va gʻayratimizni baxshida qilamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech