Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mahorat va bilim sinovi

06 Aprel 2026, 11:0 171

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat hamda san’at homiysi — Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha sana munosabati bilan Texnologik transport boshqarmasida “Eng yaxshi kran mashinisti” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.

Ishtirokchilar tanlov davomida o‘z kasblariga oid 5ta nazariy savolga javob berishdi va amaliy shartni bajarishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Texnologik transport ta’miri sexi vakilasi Shahriniso Karinboyeva uchinchi o‘rinni egalladi.

2-sonli Transport sexi vakilasi Muhabbat Abdujalilova esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Texnologik transport ta’miri sexi sharafini himoya qilgan Svetlana Galashina g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi kran mashinisti”, deya e’tirof etildi.

Shuningdek, sana munosabati bilan ishchi-xodimlardan Sohibqiron hayoti va faoliyatiga oid matn asosida diktant ham olindi.

Bahriddin Usvaliyev,

TTB yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech