Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332024-yil 17-dekabr Muhandislik maktabida Yaponiyaning AKITA Universiteti professori Yasushi Takasaki ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn tarzda kombinat tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari hamda «Metallurgiya» yo‘nalishida malaka oshirayotgan maktab tinglovchilari uchun «Pirometallurgiya usulida mis ishlab chiqarish» mavzusida vebinar tashkil etildi.
Xalqaro toifadagi professor pirometallurgiyaning yuqori haroratlarda sodir bo‘ladigan metallurgiya jarayonlari to‘plami ekanligiga, past haroratli jarayonlarni o‘z ichiga olgan gidrometallurgiyadan farqli o‘laroq, metall va metall qotishmalarini yuqori haroratlarda ishlab chiqarish va tozalash bilan bog‘liq bo‘lgan metallurgiyaning asosiy sohalaridan biri ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Yasushi Takasaki rotorli pechlar (rux olishda), shaxta pechlari (qo‘rg‘oshin, qalay va boshqa olishda) haqida ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi hamda pirometallurgiyaning pishirish, eritish, konverterlash, rafinasiyalash, distillash kabi usullarga alohida urg‘u berdi.
Mazkur vebinar kombinat mutaxassislari hamda tinglovchilari uchun muhim bilim va ko‘nikmalarni egallashdi ahamiyatli bo‘ldi.
Mahliyo Rahmanova,
Muhandislik maktabi marketing bo‘limi mutaxassisi