Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Har qanday korxonadagi mutaxassis va rahbarlarning kasb malakalarini oshirib borishlari kelgusida yuqori mehnat unumdorligi ta'minlashi bor gap.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham bu borada O‘quv markazi tomonidan muntazam ravishda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, OKMK rahbariyati tashabbusi bilan 10-23 may kunlari "Loyiha boshqaruvi" yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. Unda kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida o‘z malakalarini oshirishdi.
Bundan tashqari, 16-20 may kunlari geologiya sohasi mutaxassislarining kasbiy mahoratlarini oshirish, ilmiy-amaliy saviyasini ko‘tarish va zamonoviy dasturiy ta'minotlardan foydalanish hamda amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ham o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kurslarida geologiya sohasi vakillari "Konchilik geologiyasida minerallarni o‘rganishning ahamiyati" kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha malakalarini oshirishdi.
Shahzod Urolboyev,
O‘quv markazi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari