• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Malaka oshirish – yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish imkonini beradi

28 Noyabr 2023, 10:45 811

Sir emas, shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida sanoat korxonalarida tobora takomillashib borayotgan texnologik uskunalarni ishlatishni o‘zlashtirish talab etiladi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish mega loyihasi doirasida mamlakatimizda ilk bora 500\110\10 kV kuchlanishli raqamli nimstansiya qurildi. Ushbu nimstansiya 3-Mis boyitish fabrikasi hamda “Yoshlik-1” va Qalmoqqir konlarini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Ushbu nimstansiyada mehnat qiladigan ishchi-xodimlarning malakasini oshirish maqsadida “500 kV podstansiya uskunalari uchun rele himoyasi va avtomatlashtirish qurilmalari” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish maqsadida o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursida Elektr tarmoqlari boshqarmasining 5 nafar xodimi o‘z malakalarini oshirishdi. Malaka oshirish kurslari poytaxtimizdagi “Electro Engineering” MChJda amalga oshirildi.

Bundan tashqari, O‘quv markazi tomonidan Ijro apparati, Angren, Qalmoqqir, Xondiza va Chodak kon boshqarmalarida mehnat qilib kelayotgan geodezist, marksheyder, o‘lchovchi hamda kon ishchisi kabi kasb egalarining “Marksheyderlik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi. Unda 35 nafar ishchi-xodimlar “Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish” o‘quv markazida malakalarini oshirishdi.

Ushbu o‘quv kurslarini tamomlagan kombinat ishchi-xodimlariga kuni kecha maxsus sertifikatlar topshirildi.

OKMK O‘quv markazi

Bo`lishmoq:
Text to speech