• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Malakali mutaxassislar jamoa yutug‘ining bosh omili

05 Dekabr 2023, 14:10 122

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida O‘quv markazi tomonidan ishchi-xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha muntazam ravishda o‘quv kurslari tashkil etib kelinadi. Natijada esa ishchi-xodimlarning o‘z kasbi bo‘yicha malakasini oshirib, yana qo‘shimcha kasb egalariga ham aylanishadi.

Joriy yilning  avgust-noyabr oylarida O‘quv markazi tomonidan Issiqlik elektr markazining ishchi-xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarida ham tinglovchilarning malakasi oshirilib, qo‘shimcha kasblar bo‘yicha ham o‘qitildi.

O‘quv kurslarida qozonxona operatori, qozon qurilmalari bo‘yicha mashinist nazoratchi, qozonxona va kukun tayyorlash sexlari jihozlarini ta'mirlash bo‘yicha chilangar, kuldan tozalash nazoratchi mashinisti, elektrogazpayvandchi, issiqlik uzatish mashinisti, xizmat ko‘rsatish chilangari kabi kasb egalariga nazariy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Nazariy mashg‘ulotlar “Bug‘ va issiq suv qozonlariga xizmat ko‘rsatish”, “Bosim ostida ishlovchi sig‘imlar”, “Gaz xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish”, “Bug‘ va issiq suv quvurlariga xizmat ko‘rsatish” kabi mavzularda o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga joriy yilning 4-dekabr kuni maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ushbu o‘quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga IEMdagi asosiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish huquqini  beruvchi guvohnomalar ham taqdim etildi. Ushbu guvohnomaga ega bo‘lgan ishchi-xodimlar IEM va kombinatning boshqa tarkibiy bo‘linmalarida ham bug‘ va issiq suv qozonlariga(10 nafar), bosim ostida ishlovchi sig‘imlarga(10 nafar), gaz xo‘jaligiga(10 nafar), hamda bug‘ va issiq suv quvurlariga xizmat ko‘rsatish(18 nafar) imkoniga ega bo‘lishdi.

Muhiddin Soliqulov,

O‘quv markazi ishlab chiqarish ta'lim ustasi

Bo`lishmoq:
Text to speech