Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Istiqlol ayyomining 33 yilligini munosib kutib olish maqsadida o‘tkaziladigan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etadi.
OKMK Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi tashabbusi bilan "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi doimiy komissiyalari hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi hamda kombinatning 75 yilligi munosabati bilan navbatdagi ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “Nima uchun” ijodiy jamoasi a'zolari hamda “Yoshlar” teleradiokanali aktyor, rejissiyor, prodyuserlari ishtirok etishdi.
Iste'mol mollarini ishlab chiqarish boshqarmasi, 12-sonli MTM, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti hamda “Metallurg” MS jamoasi va xotin qizlar hamda yoshlar ittifoqi faollari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda mehmonlar mustaqillikning qadr-qiymati, yoshlarga, xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida inson manfaatlari yotganini ta'kidlashdi.
Shuningdek, OKMKda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar, kombinatning yurtimiz iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi, kombinat ishchi-xodimlarining zahmatli mehnati e'tirofga loyiqligi haqida so‘z bordi.
Uchrashuvlar davomida mehmonlar “2024-yil yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yilida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning samarasi hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Tashkilotchilar tomonidan “Rahbardan yoshlarga kitob tuhfasi” aksiyasi ham tashkil etilib, faol quruvchi, sanoatchi xotin-qizlarga, yoshlarga turli kitob va jurnallar taqdim etildi.
Tadbir davomida san'atkorlar she'rlaru qo‘shiqlar ijro etib, ishchi-xodimlarning olqishlariga sazovor bo‘lishdi.
Muqumiy nomidagi drama teatri va kino aktyori Abduvohid Zoidov va qiziqchi aktyor Ulug‘bek Siddiqov, rejissiyor-aktyor Bunyodbek Siddiqov tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Qiziqarli hangomalar esa barchaga xushkayfiyat ulashdi.
Ayniqsa, xalq orasida “Antiqa kuyov” taxallusini olgan Shukurillo So‘fiyev tomonidan ijro etilgan monolog sherlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Ijodkorlar jamoasi “Metallurg” MS muzeyida ham bo‘lishib o‘zining qadimiy tarixga ega Olmaliq va kombinat tarixi muzeyiga sayohat qilishdi.
Jonibek Alijonov,
Trest yoshlar ittifoqi raisi