Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mamlakatimiz sportining qudrati aks etgan muzey

08 Iyul 2025, 15:52 747

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Kasaba uyushmalari haftaligi” doirasida, 2025-yil 3-iyul kuni, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining boshlang‘ich va sex tashkilotlari rahbarlari “O‘zbekiston Olimpiya va Paralimpiya Shon-shuhrati muzeyi”ga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpizm qadriyatlarini hamda “halol o‘yin” tamoyillarini targ‘ib qilishda, O‘zbekiston sportchilarini olamshumul g‘alabalari va mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish tarixi to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilishda muhim o‘rin egallaydi. Shu maqsadda muzeyda Vatanimiz sportchilarining Olimpiya o‘yinlari hamda xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritgan g‘alabalarini o‘zida aks ettiruvchi turli mavzudagi ekspozitsiyalar va ko‘rgazmali tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etiladi.

Muzeyda 2000 dan ortiq eksponat o‘rin egallagan bo‘lib, shundan mingdan ortig‘i doimiy ekspozitsiyaga qo‘yilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, sport anjomlari va kiyim-kechaklari ko‘rgazmasi namoyish etilgan.

Yurtimizning mashhur sportchilariga oid ma'lumotlar ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, dunyo bo‘ylab kam sonda ishlab chiqariladigan Olimpiya alangalari to‘plami muzeyning alohida boyligi hisoblanadi. U yerda 10 tadan ortiq alanga saqlanayotgani aytildi.

Sobiq SSSR davridagi mashhur bokschi Rufat Risqiyevga tegishli boks qo‘lqoplari va uning yutuqlari haqidagi ma'lumotlar esa barchada katta taassurot qoldirdi.

Bunday tadbirlar, albatta, kasbiy faoliyatimizda, jamoaviy birdamlik va vatanparvarlikni mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi. Bizga bunday imkoniyatlarni yaratib bergan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va OKMK xodimlari Kasaba uyushmalari Kengashiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sevara Ubaydullayeva,

Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etish

markazi kasaba uyushmasi qo‘mita raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech