"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha OKMK rahbariyati hamda Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning birinchi prorektori S.Salixov hamda oliygohning Olmaliq shahri filiali rahbariyati, mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida har ikki tomon o‘rtasida Prezidentmizning 2021-yilda 22-dekabrdagi tashrifi yakuni bo‘yicha bayonnomada belgilab berilgan vazifalar hamda oliygohning Olmaliq filialini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
Davra suhbatida shuningdek, qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish, OKMK uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlash hamda ilm-fan sohasida hamkorlik qilish uchun kombinat va oliygoh imkoniyatlarini integratsiya qilish batafsil muhokama qilindi.
Axborot xizmati