• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Manfaatli kelishuvlarga erishildi

28 Iyul 2023, 15:3 1693

Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati vakillari rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turishibdi.

OKMK boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizovning ma'lum qilishicha kombinat mas'ullari 4 kun davomida, 4ta shaharda 11ta kompaniyalarning vakillari bilan biznes uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Xususan, 26-iyul kuni Shandun provinsiyasining eng yirik kompaniyasi SDHS (ustav kapitali 65mlrd $ va aktivlari 200mlrd $) va SD-Gold (bozor qiymati 17mlrd. $) kompaniya rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kombinat va ushbu kompaniyalar o‘rtasida manfaatli hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi. Qiziqish katta bo‘lgani sabab, kompaniyalar rahbariyati uchrashuv davomida ishchi guruh tuzib, avgust oyida ishchi guruh rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurishini ta'kidlashdi.

Sentyabr oyining o‘rtasida Shandun provinsiyasi (101mln aholi, VVP 1.3 trln $) birinchi rahbarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilayapti. Bu ikki kompaniya rahbarlari ham delegatsiyada tashrif buyurib, OKMK rahbariyati bilan rasmiy va amaliy uchrashuvni amalga oshirish hamda kelishuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech