Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan kuni kecha Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, Rux zavodi, 2-mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi va Avtomobil transport boshqarmasi kabi korxonalarning oshxonalari, ish taqsimlash xonalari, tibbiyot punktlari, kiyim almashtirish xonalari hamda yuvinish xonalarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganishlar davomida sanitariya-gigiyena talablari, ovqatlanish xonalari va yuvinish xonalarining tozaligi, ventilyatsiya va yoritish tizimlarining ishlashi, antiseptik vositalar va tozalash jihozlari bilan ta'minlanganligiga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, oziq-ovqatlarning sifati, ovqat tayyorlash va saqlash jarayonlarida sanitariya qoidalariga rioya etilishi, mahsulotlarning sifat darajasi va muddatlarining nazorat qilinishi, yuvinish xonalarining issiq va sovuq suv bilan ta'minlanganligi, sanitar-gigiyenik vositalar mavjudligi hamda sanitariya talablariga muvofiqligi tekshirildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf etish uchun mas'ul shaxslarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlarning sanitar-gigiyenik sharoitlarini yaxshilash va umumiy ovqatlanish sifatini oshirish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ushbu nazorat tadbirlari ishchi-xodimlarning salomatligini himoya qilish, ularga qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etilishini ta'minlashga qaratilgan.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: