• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Maqsad shaylik va amaliy ko‘nikmalarning darajasini oshirish

25 Oktyabr 2022, 15:54 1189

Joriy yilning 23 oktabr kuni Xondiza kon boshqarmasida favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda shaylik va amaliy ko‘nikmalar darajasini oshirish maqsadida ”Qo‘riqlash postiga hujum qilishga urinish” va “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda obyekt xodimlarining harakatlari”  topshiriqlari ishlab chiqilgan kompleks o‘quv-taktik tadbiri o‘tkazildi.

O‘quv-taktik tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hududiy qo‘riqlash bo‘linmasi, Surxondaryo viloyati FVB yong‘in-qutqaruv qismi hamda obyekt fuqaro muhofazasi bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir ssenariysiga ko‘ra, qo‘riqlanayotgan toifalangan obyekt postiga begona shaxslar tomonidan hujum qilindi. Hujum huquq tartibot idoralarining maxsus kuchlari tomonidan tezkorlikda bartaraf etildi.

Tadbirning ikkinchi ssenariysiga ko‘ra, sodir bo‘lgan zilzila oqibatida obyekti binosiga shikast yetib, texnogen tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga keladi. Yuzaga kelgan vaziyat haqida zudlik bilan qutqaruv xizmatlari xabardor etilib, bino ichidan jabrlanganlar olib chiqildi. Va jabrlanganlarga tezkor birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Shuhrat Kasimov,

Xondiza kon boshqarmasi tartibot va moddiy boyliklar saqlash, fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Bo`lishmoq:
Text to speech