• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Mardona Azimovaga ishonch bildirildi

18 Fevral 2025, 15:14 248

Joriy yilning 17-fevral kuni Mis boyitish fabrikasida Chiqit to‘plash sexi sex kasaba uyushmasi tashkilotining III hisobot-saylov yig‘ilishi va sexda OKMK jamoa shartnomasining 2024-yildagi sarhisobiga bag‘ishlangan sex mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibi bo‘yicha sex boshlig‘i Zohid Qosimov va sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Mardona Azimovalarning hisobotlari tinglandi.

Muhokamada so‘zga chiqqan Qambar Umarov hamda Muhammad Abduqaxxorovlar tomonidan sex kasaba uyushmasining hisobot davridagi faoliyati va sexda 2024-yilda OKMK jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli baholash taklif etilib, bir ovozdan ma'qullandi.

Sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi 5 kishidan iborat tarkibi yangidan saylanib, sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi sifatida sex faoli Nodirbek Abduvaliyev va avval faoliyat yuritib kelgan Mardona Azimova nomzodlari ko‘rildi.

Saylovda 98 foiz ovoz bilan Mardona Azimovaga qayta ishonch bildirildi.

Yig‘ilishda Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi tashkilotining III hisobot-saylov konferensiyasiga belgilangan vakillik me'yoriga muvofiq 7 nafar delegatlar saylanishdi.

Ulug‘bek Alimov,

Fabrika kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu