• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Ma'rifat yog‘dulari

11 Fevral 2022, 16:19 2389

Orazin yopqach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,

O‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh.

G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning ushbu misralar bilan boshlanuvchi g‘azaliga Mavlono Lutfiy turkiy va forsiyda bitgan o‘n ikki ming bayt she'rini almashtirmoqchi bo‘lganligini bilasizsizmi?

Darhaqiqat, buyuk bobomizning mahoratiga Lutfiy ham shu tariqa baho bergan.

Tarix zarvaraqlariga Boburiylar sulolasining asoschisi, shoh, shoir sifatida, davlat arbobi sifatida o‘z nomini yozdirib qo‘ygan Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi biz avlodlarga xazina desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Har ikki buyuk ajdodlarimizning tavallud ayyomi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Jumladan, bugun «Metallurg» MSda OKMK hamda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali bilan hamkorlikda har ikki buyuk bobolarimizning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda oliygoh talabalari buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyon etildi. Ularning ruboiy va g‘azallari yod olindi.

«Metallurg» MS badiiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Shoirlarning g‘azallari asosida yaratilgan taronalar olqishlarga sazovor bo‘ldi.

 Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu