Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ishlab chiqarishga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash, yangi raqobatbardosh, shu jumladan, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni, kimyoviy birikmalar va reagentlarni, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni ta’minlash, bu borada mamlakat xom ashyosidan ko‘proq foydalanish Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
Bu borada OKMKda 2019-yil aprel oyida Koreya davlati Nodir metallar instituti Kiram bilan birgalikda ochilgan Oʻzbek-Koreys ilmiy-texnologik markazi muhim o‘rin tutadi. Mazkur markazda 5 ta laboratoriya, 1 ta Sanoat-tajriba sexi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan edi. O‘tgan vaqt davomida markaz tomonidan yuqori soflikdagi metallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ishlari samarali amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tish lozim.
Jumladan, markazda Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari nodir metallar asosida yangi turdagi mahsulotning ilk namunalarini tayyorlashga erishdi.
Mutaxassis va yetakchi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy tadqiqotlar laboratoriya va yarim sanoat sinovlaridan o‘tkazilgach, sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishlarga jalb etiladi.
Navro‘z bayrami arafasida zamonaviy uskuna va jihozlar bilan qurollangan Sanoat-tajriba sexining ochilishi fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini takomillashtirish bilan bir qatorda markaz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.
Axborot xizmati