• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi jamoasi - musobaqa g‘olibi

28 Noyabr 2022, 8:33 1331

Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanovning “9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida turli xil tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Mana shunday sport musobaqalardan biri 26-noyabr kuni “Metallurg” o‘yingohida kombinat rahbar hamda muhandis-texnik xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha tashkil etildi.

Murosasiz kechgan bellashuvlarda uchinchi o‘rinni Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoasi egallashdi.

Mis eritish zavodi jamoasi esa ikkinchi o‘rinni qo’lga kiritishdi.

Barcha raqiblaridan ustun kelgan holda faxrli birinchi o‘rin va musobaqa chempioni degan nomga Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi jamoasi sazovor bo‘ldi.

Azamat Abdiyev,

MTMZ yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech