Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi bo‘lgan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida ham tejamkorlik siyosatiga qat'iy amal qilinayapti.
O‘tgan 11 oy davomda zavodda 2017 ming kVt/ soat elektr energiyasi iqtisodiga erishilgan.
Shuningdek, 656 ming m3 tabiiy gaz, 13000 Gkal issiqlik energiyasi hamda 98 ming m3 sanoat suvi tejalgan.
Ushbu natijalarga zavodda olib borilgan energoyoqilg‘i resurslarining tejalishi bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hamda texnologik modernizatsiya ishlari va resurstejovchi texnologiyalarning qo‘llanilish orqali erishilmoqda.
Jumladan, DSP-3 va DSP-3i3 po‘lat erituvchi pechlarining eskirgan muvozanatlovchilari zamonaviylariga almashtirildi. Mexanik yig‘uv sexida tokarlik-aylanma va tish ochuvchi uskunalarining doimiy tokdagi dvigatellari chastotali qayta rostlovchi asinxron dvigatellarga almashtirildi. Temirchilik payvandlash sexi esa quymalarni quyishda hajmlar va ferromarganes ishlab chiqarish uchastkasida tosh plitkalari to‘ldirish texnologiyasi o‘zgartirildi.
Amalga oshirilgan ushbu o‘zgarishlar ham tejamkorlikning bosh omili bo‘ldi.
Axborot xizmati