"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Ish quroling soz boʻlsa, mashaqqating oz boʻlur”, deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, har qanday sanoat korxonasida faoliyat yuritib kelayotgan turli soha vakillari ish jarayonida foydalaniladigan zamonaviy ish qurollariga ega boʻlishsa, ish unumdorligi oshishi shubhasiz.
Endilikda kombinat marksheyderlari ham zamonaviy uskunalarda ish faoliyatini olib borishadi. Ularga kuni kecha geodeziya-marksheyderlik ishlarini yanada yuqori aniqlikda bajarishlari uchun yangi, zamonaviy oʻlchov priborlari taqdim etildi.
Barcha boʻlinmalarga marksheyderlik ishlarini yuqori aniqlikda amalga oshirish uchun zamonaviy Leica TS07 elektron taxeometri topshirildi.
Ushbu taxeometrning afzalliklari, shundaki yuqori aniqlikdagi burchak va masofa oʻlchash imkoniyati ega, ishonchli hamda tezkor geodezik hisob-kitoblarni amalga oshira oladi, murakkab releflarda ham barqaror natijaga erishishda yordam beradi. 3D modellar va DWG formatdagi topografik materiallar tayyorlash uchun qulayliklar yaratadi.
Bu tashabbus marksheyderlik sohasidagi ish samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta'minlash va zamon talablariga mos ish jarayonlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.
Shuningdek, bugungi kunda, koʻp yillik fidokorona mehnati, mas'uliyat bilan bajarayotgan vazifalari va marksheyder boʻlimi rivojiga qoʻshgan munosib hissalari uchun bir guruh ilgʻorlar ham ragʻbatlantirildi.
Axborot xizmati