Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya davlati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yildan yilga tobora mustahkamlanib borilmoqda. Ayniqsa, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Germaniyaning qator kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanib borayapti. So‘zlarimizning isboti kuni kecha Germaniya davlati Tyuringiya federal o‘lkasining ishbilarmonlari OKMKga tashrif buyurishdi.
Erfurt ta'lim markazi rahbari Frank Belkner boshchiligidagi delegatsiya hamda OKMK rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda professional ta'lim sohasida mutaxassislar tayyorlash masalasi muhokama etildi.
Shuningdek, mehmonlar Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi va Olmaliq kon-metallurgiya kolleji faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.
Tashrif mobaynida kelajakda mashinasozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
O‘tkir Imomberdiyev,
O‘quv markazi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i