"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ijtimoiy obyektlar boshqarmasining faoliyati – bu kombinat ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, farzandlarining tarbiyasi, madaniy hordiq chiqarishi va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kombinat rahbariyati tomonidan ijtimoiy sohaga bo‘lgan e’tiborning izchil oshib borayotgani quvonarli holatdir.
2025-yilning 4-avgust kuni Ijtimoiy obyektlar boshqarmasiga qarashli bo‘linma rahbarlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Elyor Risqulov raislik qilgan yig’ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, kamchiliklarni bartaraf etish, har bir rahbar va mutasaddining mas’uliyat bilan yondashuvi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yil uchun talabnomalarni shakllantirish, tovar-moddiy boyliklarni saqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish, mavjud resurslarni tejamkorlik bilan boshqarish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shubhasiz, ijtimoiy infratuzilmalar samarali faoliyat yuritmas ekan, yirik ishlab chiqarish korxonasi bo’lgan OKMKning barqaror ishlashi ham ta’minlanmaydi. Shu boisdan, kombinatda bu soha doimo ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolaveradi.
Yig‘ilish yakunida har bir rahbarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va obyektlarda nazoratni kuchaytirish vazifalari yuklatildi.
Axborot xizmati