• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mas'uliyatsizlik jinoyatga yo‘l ochadi

18 Oktyabr 2024, 13:12 229

Joriy yilning 17-oktabr kuni Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining Ko‘tarma transport uskunali xizmati va Vagonlar xizmati ishchi-xodimlari o‘rtasida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB Tergov bo‘linmasi katta surishtiruvchisi B.Abdullayev, tergovchi A.Azamatov, STTB boshlig‘ining TMB butligini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari M. Madmarov, STTB bosh muhandisining MM, XT va HX bo‘yicha o‘rinbosari v.b.  O.Raxmatillayev ishtirok etishdi.

Tadbirda 2024-yil mobaynida OKMK tarkibiy bo‘linmalarida sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalar, ish joylaridagi ishlab chiqarish intizomi, diniy ekstremizmning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, narkotik moddalari savdosi, yoshlar orasida jinoyatning oldini olish, ijtimoiy-ma'naviy va siyosiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, terrorizm va qoida-buzarliklarning sabablari hamda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, tadbirda OKMKdagi IIB tergov bo‘limi surishtiruvchisi B.Abdullayev so‘zga chiqib, korxonada sodir etilgan jinoyatga e'tibor qaratdi. Unga ko‘ra 2024-yil 20-avgust kuni “Olmaliq KMK” AJ Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasiga qarashli, vagonlar xizmatida umumiy qiymati 5 367 142 so‘mlik 2 dona ishga yaroqli 6TS-190 markali akkumulyator va UONI 13/55 d=4mm bo‘lgan 16 dona qutidagi, og‘irligi 80 kg bo‘lgan elektrodlarni noma'lum shaxs tomonidan talon-taroj qilinganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Jinoyatning sabablari tahlil etilganda mas'ullar qo‘l ostidagi moddiy javobgar shaxslarga, xizmat vazifalarini to‘laqonli bajarishlari, ish faoliyatini bajarib bo‘lganidan so‘ng, tovar moddiy boyliklarini qo‘riqlash xizmati xodimlariga topshirishlari, obyekt hududiga kirib chiquvchi transport vositalarini to‘liq ko‘zdan kechirishlari, ishchi xodimlarga tovar moddiy boyliklarini talon-taroj qilganligi uchun jazo muqarrarligi yuzasidan tushuntirishlar olib bormaganligi aniqlangan. O‘z xizmat vazifasiga rahbar va ishchi-xodimlarning sovuqqonlik bilan qarashlari, qolaversa, tovar moddiy boyliklarining butligini ta'minlashga bo‘lgan har bir xodimning mas'uliyatsizligi mana shunday jinoyatlarga sabab bo‘lganligi ta'kidlandi.

Bundan tashqari, korxonada mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy rioya etilishi ham bildirildi.

Raqamlar va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, baxtsiz holatlar yuz berishining asosiy sabablari ishchi-xodimlarning o‘z xizmat vazifalari, xavfsizlik talablarini bilmasliklari yoki ularni ko‘pol ravishda mensimasdan buzishlari, o‘z kuchlarini tejab, bajarishlari lozim bo‘lgan ishlarni to‘liq bajarmasdan erinchoqlik va dangasalik qilishlari sabab bo‘lganligi ma'lum qilindi.

Tadbir davomida holat yuzasidan mas'ullar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, barcha yana bir bor ogohlikka chorlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech