• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mas'ullar mas'uliyatni unutmasligi lozim!

05 Iyul 2023, 8:21 677

Kuni kecha Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida kiberxavfsizlik va jinoyatchiliklarga qarshi kurashish bo‘yicha molibden yarim tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish gidrometallurgiya sexi xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi "Olmaliq KMK" AJdagi IIB Tergov bo‘linmasi boshlig‘i Q.Nazirov qatnashdi.

Tadbirda bir qator masalalar muhokama etildi. Jumladan, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni munosabati bilan korxonada huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, kiberxavfsizlik - internetdagi azart qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari va ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizm, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, ajrimlar, o‘g‘irlik, korrupsiya va turli jinoyatchiliklarni oldini olish va ishchi-xodimlarning mas'uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda mas'ullar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sabablari va oqibatlari, yoshlar orasida sodir etilayotgan bunday nohush holatlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi.

 Sunnatillo Erbutayev,

Birlashma direktorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech