• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Matonat” FK futbolchilari haqiqiy mardlik timsoli

25 Fevral 2022, 10:45 730

Sir emas, O‘zbekiston nogiron-amputantlar futboli jahondagi yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Agarda tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1988-yili mamlakatimizda nogiron-amputantlar futboliga asos solingan. Nogiron-amputantlar terma jamoamiz a'zolari besh karra jahon chempioni hisoblanadi. Jumladan, 1990 (AQSh), 1991 ( O‘zbekiston), 2007 (Turkiya). 2010 (Argentina) hamda 2012 (Rossiya) yilgi jahon chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lishsa, 1988 (kumush) va 2002 yilgi (bronza) mundialning sovrinli o‘rinlarni band etishgan.

Ayniqsa, “Matonat” futbol klubi barchani yodida bo‘lsa kerak. 2020-yilning 17-yanvar kuni “Matonat futbol“ nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tib, sohaga e'tibor qaratila boshlandi. Markaz o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Xususan, “Matonat“ nogiron-amputantlar futbol jamoasining avvalgi shon-shuhratini qayta tiklash, respublikamiz viloyatlarida imkoniyati cheklangan ammo sportga va futbolga qiziqishi bo‘lgan insonlarni izlab topish, mamlakat terma jamoasiga munosib o‘rinbosarlarni tayyorlashdan iborat.

“Matonat futbol“ nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi hamda ushbu markaz qoshidagi “Matonat” futbol klubiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mana bir necha yillardan beri homiylik qilib, qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Joriy yilning 24-fevral kuni markaz raisi Rustam Mehmonov boshchiligida bir guruh jamoa o‘yinchilari OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov bilan uchrashishdi. Uchrashuvda markaz va “Matonat” FK vakillari kombinat rahbariyatiga homiylik uchun o‘z minnatdorchiliklari bildirdilar.

-“Matonat” jamoasining futbolchilari va ular erishayotgan yutuqlar haqiqiy mardlik timsoli, -deydi A.Xursanov. - Kombinat rahbariyati har doim jamoani qo‘llab-quvvatlaydi va kelgusida omad tilaydi. Jahon sport arenalarida ham mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga ishonamiz.

- Hozirgi kunda Jizzax, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkentda jamoalar shakllantirilgan bo‘lib, ayollar jamoalari ham tashkil etilmoqda, - deydi markaz raisi Rustam Mehmonov. - O‘zbekiston nogiron-amputantlar futbolining jahondagi yetakchi jamoasi sanalgan “Matonat” futbol klubi nafaqat mamlakatimiz bo‘ylab balki dunyoda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan. Hozirda jamoa o‘z oldiga ulkan maqsadlarni belgilab olib, yangi marralarni zabt etmoqda.  Bundan tashqari, mazkur jamoa joriy yilning fevral' oyida, Farg‘ona viloyati mezbonlik qilgan nogiron amputantlar o‘rtasidagi mini-futbol bo‘yicha Respublika xotira turnirida ham 1-o‘rinni egalladi.

Markaz o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Xususan, “Matonat“ nogiron-amputantlar futbol jamoasining avvalgi shon-shuhratini qayta tiklash, respublikamiz viloyatlarida imkoniyati cheklangan ammo sportga va futbolga qiziqishi bo‘lgan insonlarni izlab topish, mamlakat terma jamoasiga munosib o‘rinbosarlarni tayyorlashdan iborat. Sportchilarimizning yutug‘i ularning tirishqoqligida. Hech qachon ortga chekinmasligida, hayotga yashashga bo‘lgan intilishidadir. Chunki ular sportni kundalik hayotining bir bo‘lagiga aylantirishgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech