• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mavsum faollari e'tirof etildi

09 Sentyabr 2022, 15:16 1294

Bugun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kengashida mavsum yakuni bo‘yicha bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining Anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda “Eng namunali bolalar oromgohi”, “Bolalarni dam oldirish va  sog‘lomlashtirish  mavsumi  tashkilotchilari hamda bolalar oromgohlari  xodimlari”  ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari aniqlandi. E'tiborlisi, g‘oliblar safida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining xodimlari ham bor.

Jumladan, “Eng g‘amxo‘r tarbiyachi” nominasiyasi g‘olibi sifatida “Metallurg” BSO  tarbiyachisi Ne'matjon Akkulov e'tirof etildi. “Eng yaxshi pazanda” nominasiyasida “Tong” BSO oshpazi Husanboy Isabekov g‘olib deb, topildi.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov esa “Eng g‘amxo‘r homiy” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

“Eng namunali statsionar bolalar oromgohi” nominatsiyasiga “Gulzor” BSO munosib ko‘rildi.

Shuningdek, Bahodir Norpo‘latov(“Metallurg”BSO), Dilfuza Baxrixonova (“Tong” BSO), Abdujabbor Muxayminov(“Istiqlol” BSO), Malika Miraxmetova(“Gulzor” BSO), Kamoliddin Saidov(“Xondiza-Parvoz” BSO)lar mavsum davomida fidokorona mehnat qilgan oromgoh xodimlari sifatida e'tirof etilishdi.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech