• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mavsum faollari e'tirof etildi

27 Sentyabr 2023, 9:1 705

2023-yil 26-sentyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashida 2023-yilgi yoz mavsumi yakunlari bo‘yicha bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining viloyat Anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda bir guruh kasaba uyushma xodimlari va faollari munosib taqdirlandi.

Jumladan, Bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti viloyat boshqarmasining tashabbusi hamda Bolalarning dam olishini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining qaroriga muvofiq, 2023-yil yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida yosh avlodni har tomonlama barkamol, jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishiga qo‘shgan hissasi va faoliyati yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun  “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasining xodimlari va faollari ham Faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Xususan, “Eng g‘amxo‘r homiy” nominatsiyasi bo‘yicha “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Xaydarov taqdirlandi.

“Eng faol tibbiyot xodimi” nominatsiyasiga “Istiqlol” oromgohi tibbiyot xodimi Anna Karatigina loyiq ko‘rildi.

“Eng faol yetakchi” nominatsiyasi bo‘yicha “Gulzor” oromgohi yetakchisi Temur Kuchkarov g‘olib bo‘ldi.

“Eng yaxshi sport yo‘riqchisi” nominanti esa “Istiqlol” oromgohi sport yo‘riqchisi Shoxista Sodiqova bo‘ldi.

“Eng mas'uliyatli tashkilotchi” nominatsiyasi sovrinlari “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi apparatining tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Umida Djalilovaga va mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Viloyat Davletovalarga topshirildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech