Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun “Metallurg” MSda yozgi mavsum tashkilotchilari va oromgohlarga jalb etiladigan xodimlar uchun seminar tashkil etildi.
Unda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Sa’di Shermatov, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi apparati xodimlari va kengash tasarrufidagi boʻlim va boʻlinmalar rahbarlari, barcha kasaba uyushmasi qoʻmitalari raislari hamda oromgohlar xodimlari, Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi, xalq ta’lim boʻlimi, ichki ishlar, favqulotda vaziyatlar, milliy gvardiya idoralari xodimlari, pedagog kadrlar ishtirok etishdi.
Tadbirda mas’ullar “Statsionar turdagi oromgohlarda bolalarning dam olishlarini mazmunldi tashkil etishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy ishlar”, “Sogʻlomlashtirish maydonchalari faoliyatining takomillashtirish istiqbollari”, “Yozgi bolalar oromgohlarida sanitariya qoida va me’yorlari talablari toʻgʻrisida”, “Yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish oromgohlarida malakali tibibyot profilaktik yordam koʻrsatish” kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.
Shuningdek, tadbirda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, yongʻin xavfsizligi va xavfsizlikni ta’minlash kabi masalalar ham muhokama etildi.
Bundan tashqari, yozgi bolalar dam olish oromgohlarida ma’naviy-madaniy tadbirlar, sport musobaqalarini tashkil etish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi tartibiga rioya qilish kabi masalalar ham koʻrib chiqildi.
Kombinat tarkibidagi “Tong”, “Metallurg”, “Istiqlol”, “Gulzor”, “Xondiza-Parvoz” oromgohlari boshliqlariga mavsumda qoʻyilgan ustuvor vazifalar batafsil tushuntirildi.
Yurtimizda mavsum 6 iyundan boshlanib, unda 161 ta oromgoh faoliyat yuritadi. Ularda jami 47 381 nafar bolalarning sogʻlomlashtirilishi rejalashtirilgan.
Seminarda savollarga mutasaddilardan batafsil javob olindi.
Umida Djalilova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi
tashkiliy ishlar boʻyicha yetakchi mutaxassisi