• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mavsumga tayyorgarlik avjida

19 Aprel 2023, 13:13 1473

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanovning joriy yil 13-mart kunidagi “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi buyrug‘ini ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, “Istiqlol”, “Gulzor", "Xondiza-Parvoz", "Metallurg" hamda “Tong" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida keng qamrovli ta'mirlash ishlari olib borilayapti. Mazkur ishlarga kombinat tarkibiy bo‘linmalaridan ishchi-xodimlar safarbar etilgan bo‘lib, ular tomonidan obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish, joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Hududlardagi mavjud binolarning ichki va tashqi devorlarini, shiftlarning alohida joylarini ta'mirlash, ta'mirlangan devorlarga, shiftlarga va pol qismlariga rang berish, yotoqxona tashqi devorlarini badiiy bezash, elektr va sanitar jihozlarini sinovdan o‘tkazish, yaroqsizlarini almashtirish, elektr qutilariga xavfsizlik belgilarini o‘rnatish, yotoqxona binosiga tutash hududning yo‘lakchalarini ta'mirlash kabi chora-tadbirlar amalga oshirilayapti.

Barcha BSOlarda umumiy qurilish-ta'mirlash ishlaridan tashqari, parallel ravishda ichimlik suvi ta'minoti, elektr energiyasi ta'minoti, kanalizatsiya tizimi, yong‘indan ogohlantiruvchi tizim, videokuzatuv tizimi, barcha elektr qurilmalar texnik ko‘rik va tekshiruvdan o‘tkazilayapti.

Barcha BSOlardagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar joriy yilning 15-may sanasiga qadar yakunlanishi belgilangan.

Shu o‘rinda oromgohlarni mavsumga tayyorlashda faol ishtirok etayotgan kombinat tarkibiy bo‘linmalariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Ma'lumot uchun: “Tong” BSO qo‘shni Piskent tumanida, “Metallurg” va “Gulzor” BSOlar Bo‘stonliq tumanida, “Istiqlol” BSO Jizzax viloyati Zomin tumanida, “Xandiza-Parvoz” BSO Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan.

Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi ma'muriyati

Bo`lishmoq:
Text to speech