• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mavsumni g'alaba bilan boshladik!

06 Mart 2023, 14:44 902

Superliga 1-tur doirasida OKMK Toshkentda Termizning "Surxon" jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv kutilganidek qiziqarli va shiddatli hujumkor ruhda o'tdi. Jamoalar uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida bir-biriga nisbatan extiyotkorona harakat qilishdi. O'yin davomida jamoamizda yaxshi imkoniyatlar yuz berdi. Xususan 20-daqiqada Ahmadaliyev va Xaqnazariyning ajoyib kombinatsiyasidan so'ng Qosimovning kuchli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Shundan so'ng raqib jamoa ketma-ket hujumlar uyushtirdi. 26-daqiqaga kelib burchak zarbasidan so'ng Nimeli termizliklarni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:0

O'tkazib yuborilgan goldan so'ng jamoamiz hujumlarga zo'r berdi. 37-daqiqada Komilov boshlab bergan hujumni Gadoyev davom ettirdi va Qosimovga uzatma berdi, ammo Mirjamol yanada aqilli harakat qilib Rustamovga to'pni qoldirdi. Oybek esa kuchli zarbasi bilan to'pni darvozaga joyladi – 1:1

"Surxon" jamoasida 45-daqiqada juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nimeli yakkama-yakka vaziyatda Rahimov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qila olmadi, bu vaziyatda posbon jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Shundan so'ng jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.

Ikkinchi taym boshidanoq faol harakatlangan jamoamiz 49-daqiqada hisobda oldinga chiqib oldi. Komilovning havodagi super uzatmasidan so'ng Gadoyev boshi bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:2

Keyinchalik jamoamiz shu tarzda hujumlarni yanada kuchaytirdi, ko'plab vaziyatlar yuz berdi. 62-daqiqada jamoamiz foydasiga penalti belgilandi. Nuqtadan gol ura olmagan G'iyosov darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ydi – 1:3

Hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmadi va OKMK yangi mavsumni g'alaba bilan boshladi!

Superliga. 1-tur.

5-mart, yakshanba

"Surxon" — OKMK 1:3

Gollar: Nimeli (26) – Rustamov (37), Gadoyev (49), G'iyosov (62)

Hakamlar: Akobirxoʻja Shukurullayev, Rishat Nugmanov, Akmal Gʻiyosov, Abdurashid Xudoyberganov

VAR hakami: Rahimbek Karimov

AVAR: Ruslan Serazitdinov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Zohirjon Akramxonov

OKMK – Rahimov – Ahmadaliyev, Abdullayev (75' Rahmonov), Ismoilov©️, Komilov – Rustamov, Xaqnazariy (63' Boakye), Qosimov – Gadoyev (75' Rukhadze), Sanchez (90' Tursunov), G'iyosov ( 90' Hasanov)

"Surxon" –  Potapov©️ – Asqarov, Hamidjonov, Pirmuhammadov (56' Karimov), Tursunov, Sherbo'tayev, Jemalutdinov (56' Hasanov), Ramozonov (81' Nurmetov), Nimeli, Sultonmurodov, Saydazimov (68' Shaydulov)

Mirjalol Qosimov: "Oʻzbekiston chempionati boshlangani bilan barcha ommaviy axborot vositalarini tabriklayman. Oʻyinga keladigan boʻlsak,  ”Surxon“ jamoasining standartlarga va qarshi hujumlarga koʻproq eʼtibor berishini bilar edik. Oʻylaganimizdek boʻlib chiqdi. Birinchi boʻlimda oʻzimizni ogʻir vaziyatga solib qoʻydik. Shunga qaramay xotirjam tarzda oʻyinimizni davom ettirdik. Bu albatta oʻz samarasini berdi. Lekin oddiy tilda aytganda ”avtobus“ni yorib oʻtish har doim ham qiyin. Bitta xato qimmatga tushishi mumkin edi. Jiddiy tayyorgarlik koʻrgan edik. Xudoga shukur, yigitlar ikkinchi boʻlimda keskin, yanada tezroq oʻynab vaziyatlar yaratishdi va imkoniyatdan foydalanishdi. Albatta yanada koʻproq urishimiz kerak edi. Lekin  ”Surxon“ futbolchisi birga-bir vaziyatda darvozani ishgʻol qilganda har xil holat yuzaga kelishi hech gapmasdi. Bu oʻyin tarixda qoldi. Navbatdagi oʻyinga yanada jiddiy tayyorgarlik koʻrish kerak. Mart oyida hali hamma jismonan yuz foiz tayyor emas. Shu oʻyinlar orqali jamoa sport formaga kirib oladi".

OKMK FK Matbuot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech