• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotiga “qoniqarli” bahosi qo‘yildi

29 Mart 2023, 9:47 597

... 2023-yilning 28-mart kuni soat 9.58da mamlakatimiz hududida 5 balli yer silkinishi ro‘y berishi natijasida Mis boyitish fabrikasining Ta'mirlash mexanika uchastkasida tom ustunlari qulagan. Oqibatda esa tokarlik uskunalarida yong‘in sodir bo‘lgan. Uchastka boshlig‘i N.Umarov yong‘inni ko‘rishi bilan soat 10.00da fabrika dispetcherlik xizmatiga belgilangan tartibda xabar beradi. Yong‘in natijasida uchastkada 2 nafar jabrlanuvchliar ham borligi aniq bo‘ladi. Zudlik bilan tegishli qutqaruv xizmatlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari favqulodda vaziyatni bartaraf etishga kirishishadi...

Ushbu voqealar joriy yilning 28-mart kuni Mis boyitish fabrikasida o‘tkazilgan “MBFda zilzila sodir bo‘lganda fuqaro muhofazasi tuzilmalari va FVDT quyi tizimlarining harakati” mavzusidagi maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti ssenariysidan edi.

O‘quv-mashg‘uloti davomida fabrika fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibining favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi amaliy bilim va ko‘niklari tekshirilib, ishchilarni vayronalar o‘chog‘idan evakuatsiya qilish hamda qutqaruv ishlaridagi amaliy tajribalari sinovdan o‘tkazildi.

Tadbirda OKMK va MBF dispetcherlik xizmatlari, Fuqaro muhofazasi otryadi, Yong‘in xavfsizligi bo‘limi, OKMK sanitar guruhi, fabrika FM tuzilmasi hamda harbiy qism xodimlari ishtirok etishdi.

Mas'ullar tomonidan maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotiga “qoniqarli” bahosi qo‘yildi.

R. Avezmatov,

MBF direktorining qimmatbaho metallarni saqlash va fuqaro muhofazasi

bo‘yicha o‘rinbosari - MBF FM shtabi boshlig‘i o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech