"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK boshqaruv raisining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan aprel oyida amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 12 aprel kuni 2-Mis boyitish fabrikasi va Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlar boshqarmasi hamkorligida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda OKMK Ichki audit xizmati auditori X.Abdumalikov, O‘zbekiston Respublikasi IIV TQXB 1-sonli IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Q.Nazirov, 2-MBF direktori H.Mirahmedov hamda TMBB bo‘yicha o‘rinbosari D.Xamzayevlar ishtirok etishdi.
Profilaktik tadbirda ishtirok etgan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritib kelayotgan omborchilar, ekspeditorlar, moddiy javobgar shaxslar va buxgalteriya xodimlariga mas'ullar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unga ko‘ra, o‘g‘rilik, tashmachilikni oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oqibatlari bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.
F. Qodiraliyev,
2-MBF yoshlar ittifoqi raisi