• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

MBF ayollari faoliyati oʻrganildi

09 Fevral 2024, 13:35 517

Kuni kecha Mis boyitish fabrikasida oʻtkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" da Viloyat Davletova boshchiligidagi OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Gender tenglikni ta'minlash boʻyicha komissiyasi tomonidan fabrika ayollari faoliyati oʻrganildi.

Komissiya a'zolarini fabrika direktori Ravshan Sidikov OKMK tashkil topganligining 75 yilligiga bag‘ishlab tashkillashtirilgan "MBF tarixi muzeyi" bilan tanishtirib, fabrika faoliyati va tarixi haqida ma'lumot berib oʻtdi.

MBF kasaba uyushmasi qoʻmitasi Gender tenglik boʻyicha komissiyasi raisi Mardona Azimova kombinat faol ayollarini fabrika ayollari faoliyati, ijtimoiy hayoti, yuvinish va ovqatlanish xonalari, tibbiyot punkti, Chiqit toʻplash sexidagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Fabrika boʻylab tashkillashtirilgan ekskursiyadan soʻng, Chiqit toʻplash sexi faollari tomonidan tayyorlangan, oilaviy muammolarning ish faoliyatiga ta'siri haqida olingan qisqa metrajli film namoyish etildi va komissiya a'zolari tomonidan muhokama qilindi.

Ulugʻbek Alimov,

MBF kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech