Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mis boyitish fabrikasida OKMK AJ boshqaruv raisining xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan "OKMK AJ tarkibiy bo‘linmalarida tovar moddiy boyliklarining butligi, saqlanishi, harakati va noqonuniy tashmachiliklarni oldini olish bo‘yicha aprel oyida amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar rejasi"ga asosan hamda "payshanba- jinoyatchilikka qarshi kurashish va oldini olish profilaktikasi kuni" munosabati bilan MBF mehnat jamoasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB katta tezkor vakili mayor A. Eshonxonov, katta tergovchi A.Rasuliy, Mis kompleksini qo‘riqlovchi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism komendanti, mayor U.Matyakubov, Ichki audit xizmati auditori X. Abdumalikov, MBF direktori R.Sidikov va fabrika qimmatbaxo metallarni saqlash va fuqaro muhofazasi bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b B.Mingboevlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar MBFda tovar moddiy boyliklarining butligi, saqlanishi, harakati va noqonuniy tashmachiliklarini oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va o‘zganing mulkini talon taroj qilish, o‘g‘irlik, onlayn qimorbozlik kabi zararli illatlardan yoshlarni qaytarish, bu illatlarning oqibatlari, oxiri voy ekanligi haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Ulug‘bek Alimov,
MBF kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi