Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Olmaliq hududiy filiali tashabbusi bilan OKMK Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” pensionerlar uyi hamkorligida bugun “Metallurg” MS atriumida bayram tadbiri tashkil etildi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi 22-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, sahna ko‘rinishlari faxriylarga manzur bo‘ldi.
Tadbir davomida faxriylar o‘rtasida tashkil etilgan “Mohir qo‘llar” ko‘rgazmali tanlovi g‘oliblariga esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.
Shuningdek, har bir faxriyga Kengashning minnatdorlik xatlari ham topshirildi.
“Metallurg” MS xodimlari tomonidan tayyorlangan musiqiy bayram dasturi faxriylarga xushkayfiyat bag‘ishladi.
Axborot xizmati