• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat faxriylari doimo ardog‘imizda

17 May 2023, 16:21 558

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini ardoqlash, ularga hurmat ko‘rsatish xalqimizga xos qadriyatlardan sanaladi.

Bugun shahrimizdagi “Marhamat” tantanalar majmuasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat faxriylari uchun O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ham yoshi ulug‘ mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi raisi Aleksandr Farmanov va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisining хodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov mehnat faxriylarini ayyom bilan muborakbod etib, ular har doim e'zozda ekanligini ta'kidlashdi.

“Metallurg” madaniyat saroyi ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Ko‘p yillar davomida kombinat korxonalarida mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan nuroniylar bu kabi e'tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdor ekanliklarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech