• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat faxriylariga bayram dasturlari

10 Noyabr 2022, 13:50 686

11 noyabr - “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati ” Yurt taraqqiyoti  yo‘lida birlashaylik” shiori ostida bayram tadbirlari davom etmoqda.

OKMK rahbariyati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida ayni paytda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari uchun “Afsona” tantanalar majmuasida bayram dasturxoni yozildi.

Bundan tashqari, mehnat faxriylari uchun “Metallurg” MSda konsert dasturi ham tashkil etildi. Konsert tadbirida o‘zbek estradasining yorqin yulduzi Iroda Allaberganovaning sho‘x-shodon qo‘shiqlari barchani raqsga chorladi.

Tadbirda mehnat faxriylariga OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Kasaba uyushmalarining hayotimizdagi o‘rni, faoliyati haqidagi videorolik ham nuroniy otaxonu onaxonlar e'tiboriga havola etildi.

Ayniqsa, taniqli so‘z ustalarini o‘zida jamlagan “Qahqaha” guruhi hamda Respublika yosh tomoshabinlar teatr aktyori Rayimjon Umarov tomonidan ijro etilgan ichakuzdi hangomalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bu kabi konsert dasturi kombinat yoshlari uchun ham tashkil etildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech