• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat faxriylariga bayram tadbiri

05 Yanvar 2022, 16:5 1363

Xabaringiz bor, joriy yilning 20-oktyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tashkil etilgan edi.

Ushbu qaror asosida esa shahrimizda Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Olmaliq hududiy filiali ham tashkil etildi.

Ushbu filial kombinatda mehnat qilgan barcha faxriylarni bir jamoa safida birlashtiradi.

Filial tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan “Metallurg” madaniyat saroyining qishki bog‘ida kombinat mehnat faxriylari hamda pensionerlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Olmaliq hududiy filialining faoliyati haqida ma'lumot berib o‘tildi.

“Metallurg” MS ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, yangragan kuy-qo‘shiqlar faxriylarni raqsga chorladi.

Yangi yil marafonida kombinat rivoji uchun ezgu tilaklar bildirildi, tashkil etilgan turli xil ko‘ngilochar o‘yinlar keksa yoshdagi faxriylarni bir zum bo‘lsada bolalik onlarini yodga soldi.

Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech