• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Mehnat huquqi bilimdoni”

09 Noyabr 2023, 16:14 844

11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati “Mehnat huquqi bilimdoni” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kasaba uyushma a'zolari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, “Olmaliq KMK” AJ jamoa shartnomasi, kombinat ichki mehnat tartibi qoidalari, Mehnat muhofazasiga oid normativ hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalari asosida tuzilgan test savollariga javob berishdi.

MTTU MISiS Olmaliq filialida tashkil etilgan tanlovning final bosqichida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlari miqyosida saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir tashkilot nomidan 1 nafardan kasaba uyushma a'zolari qatnashdi.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan tanlovda a'lo natijalarni qayd etgan Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi vakili Dilshodbek Bobojonov “Mehnat huquqi bilimdoni”, deya e'tirof etildi.

Ikkinchi o‘rinni esa Idoraviy harbiylashlashtirilgan qo‘riqlash xizmati vakilasi Alloma Abdumannonova egalladi.

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti vakilasi Shohida Usmonova esa uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, tanlovda faol qatnashgan bir guruh ishtirokchilar ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Umida Djalilova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassasisi

Bo`lishmoq:
Text to speech