Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Mehnat huquqi bilimdoni” 2021-yili ilk marotaba “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tashabbusi bilan kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan edi.
Ushbu tanlov huquqiy bilim va intellektni oshirish, amaldagi huquqiy-normativ hujjatlar mohiyatini targ‘ib qilishni maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yilning 24-oktyabr kuni mazkur tanlov Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushmalarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar korxona (sex) kasaba uyushma qo‘mitalari va kasaba uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan tashkiliy, mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoya, yoshlar, gender tenglikni ta'minlash va psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, sport, madaniy-ma'rifiy va uy-joy masalalari bo‘yicha komissiyalari raislari ishtirokida o‘tkazildi. Tanlov mehnat qonunchiligidan olingan ma'lumotlar asosida tuzilgan 50 ta test savollari bo‘yicha tashkil etildi.
Tanlov natijalarga ko‘ra, g‘oliblikni “Olmaliq KMK” AJ Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi ish ustasi, ijtimoiy himoya bo‘yicha komissiya raisi G‘ofurjon Jumayev qo‘lga kiritib, “Mehnat huquqi bilimdoni” deya e'tirof etildi.
2-o‘rin “Navoiy KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi kengashi 3-son birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibidagi 32-sonli kasaba uyushma qo‘mitasi (Markaziy kon boshqarmasi “Auminzo-Amantoy” koni) raisi Ruslan Turobovga nasib etdi.
3-o‘rinni Navoiy KMK” AJ 4-son birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi (Zarafshon qurilish boshqarmasi) raisi o‘rinbosari Ixtiyor Baxranov egalladi.
Umida Djalilova,
OKMK kasaba uyushmasi kengashi
Tashkiliy masalalar bo‘yicha komissiya raisi