• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat marralarini zabt etayotgan birlashma

13 Dekabr 2022, 9:9 1889

O‘tib borayotgan 2022-yilni Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi salmoqli natijalar bilan yakunlamoqda.

E'tiborli jihati birlashma mehnat jamoasi 2022-yil yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, yillik rejani ham oshig‘i bilan bajarishga muvaffaq bo‘lishdi. Jumladan, birlashma tomonidan 387,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari tayyorlanib, reja 181%ga uddalangan. Rejaga ko‘ra 233,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilangan edi.

Avval xabar berilganidek, birlashma tomonidan 9 oylik natijalar bo‘yicha eksport rejalari ham muddatidan avval bajarilgan. 11 oyda 31 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, reja 307,3%ga bajarilgan.

Mahsulotlar kesimida 1085,2 tonna molibden 3 oksidi ishlab chiqarilgan holda reja 116%ga uddalangan.

Molibden shtabigi va briketini tayyorlash rejasi 116,9%ga ado etilgan. 718,4 tonna ushbu mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Olovbardosh keramik buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha 865,9 tonnalik natija qayd etilib, reja 120,7%ga bajarilgan.

Molibden metalli ishlab chiqarish bo‘yicha rejaviy vazifa 113,9%ga uddalangan holda 90,9 tonna ushbu mahsulot tayyorlanishiga erishilgan.

Birlashmada mahalliylashtirish dasturining ijrosi ham samarali amalga oshirib kelinayapti. Dasturga ko‘ra, 42ta loyiha bo‘yicha 101 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Reja esa 101,2%ga bajarilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech