• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat muhofazasi bilimdonligi bo‘yicha eng yaxshi sex

28 Aprel 2025, 8:57 867

OKMK AJ Mis boyitish fabrikasi yoshlari o‘rtasida 28-aprel "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni"ga bag‘ishlab, "Mehnat muhofazasi bilimdonligi bo‘yicha eng yaxshi sex-2025" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda MBF mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh vakillar boshchiligidagi jamoalar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari, mehnat qonunchiligi va OKMK jamoa shartnomasi borasidagi bilimlari orqali bellashishdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 3-o‘rin 2-Maydalash va boyitish majmuasi sexiga, 2-o‘rin esa Yanchish va flotatsiyalash sexiga nasib etdi.

1-o‘rin va Mehnat muhofazasi ko‘chma kubogini Energetika sexi qo‘lga kiritdi.

Tanlovda o‘tkazilgan "Eng bilimdon mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil" nominasiyasi uchun bilimlar sinovida g‘oliblik Energetika sexi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh vakili Jahongir Ergashevga nasib etdi.

G‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Nuriddin Egamberdiyev,

MBF Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiya raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech