• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnat muhofazasi bilimdonligi bo‘yicha eng yaxshi tsex

08 May 2023, 10:48 664

OKMK Mis boyitish fabrikasi tsexlari o‘rtasida Mehnat muxofazasi bilimdonligi bo‘yicha eng yaxshi tsex ko‘rik- tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda MBF mehnat muxofazasi bo‘yicha bosh vakillar boshchiligidagi jamoalar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari, mehnat qonunchiligi va OKMK jamoa shartnomasi borasidagi bilimlari orqali bellashishdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra 3-o‘rin Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari xizmati jamoasiga, 2-o‘rin Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish tsexi jamoasiga nasib etdi.

 1-o‘rin va Mehnat muxofazasi ko‘chma kubogiga Energetika tsexi sazovor bo‘lishdi.

Sardorlar bellashuvida 2-Maydalash va boyitish majmuasi tsexi bosh vakili Davlatbek G‘aniyev g‘olib chiqib, "Mehnat muxofazasi bilimdoni" nominatsiyasi va pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Tursunali Karshibayev,

MBF Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mehnat muxofazasi bo‘yicha komissiya raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech